Menyu
yusr.
uz ru en
Beta

Tegirmon.

Tegirmon hisobi telefonda: bug'doy, un, kepak va daromad bir joyda

Ishga tushgan
Iyul 2026
Kategoriya
Biznes boshqaruvi
Narx
Pullik
Platformalar
Telegram, Web

Jonli ko'rish

Saytni ochish
tegirmonchi.uz

Sayt ramka ichida ochilmadi. Uni yangi oynada ko'rishingiz mumkin.

Saytni ochish

Ramka ichida saytning o'zi ochiq — bemalol aylantiring

Muammo

Qishloq tegirmoniga har kuni odamlar bug'doy olib keladi, xizmat haqini esa kimdir pulda, kimdir bug'doyning bir qismi bilan to'laydi. Kim qancha bug'doy topshirgani, unga qancha un va kepak qaytishi, kimning doni tortilib, hali olib ketilmagani daftar va xotirada turadi. Oy oxirida tegirmon qancha naqd pul va qancha bug'doy ishlab topgani, xarajatlardan keyin nima qolgani aniq bo'lmaydi.

Yechim

Operator Telegram ichidagi kalkulyatorda to'lov usulini (pul, galla, kepak yoki yem) va bug'doy og'irligini kiritadi, tizim mijozga qancha un, kepak yoki yem qaytishini va tegirmon nima olishini darhol hisoblaydi. Xizmat haqi, bug'doy narxi va foizlarni tegirmon egasi veb-panelda belgilaydi, har bir yozuv o'sha kungi narx bilan saqlanadi. Egasi panelda daromad, xarajat, ombordagi bug'doy va olib ketilmagan buyurtmalarni ko'radi.

Imkoniyatlar.

[ 04 ]

01

Telegram ichida kalkulyator

Operator to'rt to'lov usulidan birini tanlaydi va mijozga qaytadigan un, kepak yoki yem miqdorini bir zumda ko'radi.

02

Mijozlar va buyurtma holati

Har bir mijozning tarixi telefon raqami bo'yicha saqlanadi, buyurtma esa qabul qilindi, tortildi va olib ketildi bosqichlarida kuzatiladi.

03

Daromad, xarajat va ombor

Panelda naqd va bug'doy daromadi, xarajatlar, sof foyda va ombordagi bug'doy kun, hafta va oy kesimida ko'rinadi.

04

Narx o'zgarsa ham aniq hisob

Xizmat haqi va bug'doy narxi istalgan payt o'zgaradi, eski yozuvlar o'z narxida qoladi va har bir tahrir jurnalga yoziladi.

O'zgarishlar.

[ 02 ]

    • Yangi Tegirmonchi landing "/" da, Mini App /app/ ga
    • Yangi Tegirmonchi.uz domeni - LEGACY_HOSTS yo'naltirish (sukut o'chiq)
    • Yangi Yusr-agent 0.4 + xizmatlar metrikasi (PLAN-2 yakuniy)
    • Yangi Telegram initData bilan kirish, 12 soatlik tokenlar (PLAN-2 3-faza)
    • Tuzatildi Tekshirilmagan telegram_user_id bo'yicha avto-bog'lash yo'q (PLAN-2 0.4)
    • Yangi Yusr ID bilan kirish, statistika va ixtiyoriy 2FA (yusr-agent 0.3.1)

Aloqa

Yozib qoldiring.

Savol, taklif yoki hamkorlik — hammasi shu yerga tushadi.

O'xshash yechimlar.

[ 01 ]

Attaom
Attaom
Ishlayapti

Biznes boshqaruvi

Attaom

Ofis tushligi Telegramda: buyurtma, oldindan to'lov va oshxona uchun tayyor ro'yxat

  • Laravel
  • PHP
  • Filament
  • Livewire