Menyu
yusr.
uz ru en

· Narxnoma

To'xtatilgan loyiha haqida

Narxnoma ikki yil ishladi va to'xtadi. Nega — va bundan nima o'rgandim.

Narxnoma bozor narxlarini haftada bir marta yig'ib, jadvalda ko'rsatardi. G'oya yaxshi edi, foydalanuvchilar ham bor edi.

Muammo ma'lumotda bo'ldi. Narxlarni qo'lda yig'ish kerak edi, chunki ularni avtomatik olishning ishonchli manbai yo'q. Har hafta bir necha soat — bir yildan keyin bu chidab bo'lmas holga keldi.

Nima o'rgandim

Ma'lumotga tayanadigan yechim qurayotganda birinchi savol dastur haqida emas: bu ma'lumot har hafta o'zi kelib turadimi? Agar javob «yo'q» bo'lsa, loyiha ertami-kechmi to'xtaydi.

Sahifa o'chirilmadi. Arxiv holatida turibdi — to'xtatilgan loyihani yashirish o'rniga, nega to'xtaganini yozib qo'yish menga to'g'riroq tuyuladi.