Kundalik hayot
Baxtliy
Onlayn to'y taklifnomasi — kim kelishini aniq biling.
- Laravel
- Tailwind CSS
- Vite
- PostgreSQL
Hayotdan olingan muammolar — hamma uchun yechimlar
Men duch kelgan muammolarni hal qilish uchun platformalar yarataman. Ular menga yordam berdi — endi ular hammaga ochiq.
usr Muammo qiyin edi.
yusr Endi oson.
Har biri o'z muammosidan tug'ilgan. Hech biri buyurtma emas.
[ 04 ]
Kundalik hayot
Onlayn to'y taklifnomasi — kim kelishini aniq biling.
Biznes boshqaruvi
Ofis tushligi Telegramda: buyurtma, oldindan to'lov va oshxona uchun tayyor ro'yxat
Salomatlik
O'zbekistondagi yugurish tadbirlari kalendari, bepul darslar va mashg'ulot rejalari
Yechimlar birgalikda
Raqamlar har bir yechimning o'z ma'lumotidan yig'iladi — qo'lda yozilmaydi, shuning uchun eskirmaydi.
Yangilandi: 07:07
Men duch kelgan muammolarni hal qilish uchun platformalar yarataman. Ular menga yordam berdi — endi ular hammaga ochiq.
Har biri o'z muammosidan tug'ilgan. Hech biri buyurtma emas.
Muammo
Yechim
Yechimlar
Platformalar qanday qurilgani va nima o'rgatgani haqida.
[ 03 ]
Foydalanuvchi bilan suhbatlashish yaxshi. Lekin muammoni o'z terangda his qilish — boshqacha.
· Navbat
Navbat kutishni yo'q qilmaydi — u faqat kutish vaqtini ko'rsatadi. Shu ham yetarli bo'ldi.
Tarjima — matnni almashtirish emas. Bu sana formati, raqam yozilishi va URL tuzilishi ham.
[ 08 ]
Yusr — bir odam o'zi duch kelgan muammolarni hal qilish uchun yaratgan platformalar katalogi. Har bir yechim avval shaxsiy ehtiyojdan kelib chiqqan, keyin hammaga ochilgan.
Arabcha «osonlik», «yengillik» degani. U usr — «qiyinchilik» so'zining ziddi. Logotip ham shu o'tishni ko'rsatadi: notekis chiziq o'ngga borgan sari tekislanadi.
Ko'pchiligi bepul. Ba'zilarida kengaytirilgan imkoniyatlar pullik — bu serverlar va ishlab chiqishni qoplaydi. Har bir yechim sahifasida narx modeli ochiq ko'rsatilgan: bepul, qisman bepul yoki pullik.
Har biri men shaxsan duch kelgan muammodan boshlangan. Buyurtma bo'yicha ishlaganda eng qiyin qism — muammoni tushunish. O'z muammongni hal qilayotganda bu bosqich yo'q: sen allaqachon bilasan.
Belgilangan jadval yo'q. Yangi platforma haqiqiy muammo paydo bo'lganda va u boshqalarga ham tegishli ekani ma'lum bo'lganda chiqadi. Xabardor bo'lish uchun aloqa sahifasidagi obuna formasidan foydalaning.
Katalogdan kerakli yechimni tanlang va uning sahifasiga kiring. U yerda «Saytga o'tish» tugmasi bor — platformaning o'z manziliga olib boradi. Ro'yxatdan o'tish o'sha yerda bo'ladi.
Beta — platforma ishlaydi, lekin hali sayqallanmoqda va ba'zi imkoniyatlar o'zgarishi mumkin. Ishlab chiqilmoqda — hali ochiq emas, sahifa uning nima bo'lishini ko'rsatadi. Arxivda — endi qo'llab-quvvatlanmaydi.
Katalogda qidiruv va uchta filtr bor. Agar baribir topilmasa, ehtimol u hali yaratilmagan. Aloqa sahifasi orqali yozing va muammoni tasvirlab bering — agar u ko'pchilikka tegishli bo'lsa, keyingi platforma bo'lishi mumkin.
Aloqa
Savol, taklif yoki hamkorlik — hammasi shu yerga tushadi.