Uch tilda ishlaydigan sayt qanday quriladi
Tarjima — matnni almashtirish emas. Bu sana formati, raqam yozilishi va URL tuzilishi ham.
Yusr uch tilda ishlaydi: o'zbek, rus va ingliz. O'zbekchasi prefikssiz, qolganlari /ru va /en ostida.
Eng ko'p uchraydigan xato — tarjimani faqat matn deb o'ylash. Aslida sana ham, raqam ajratgichi ham, hatto sarlavhaning uzunligi ham tilga bog'liq: ruscha matn o'zbekchasidan odatda uzunroq bo'ladi va tugmaga sig'may qoladi.
Kutilmagan tuzoq
Carbon kutubxonasida uz tili kirill alifbosini bildiradi: sana «15 ноябр» bo'lib chiqadi. Lotincha uchun uz_Latn kerak. Buni faqat sahifani ko'z bilan ko'rganda sezish mumkin — kod to'g'ri ishlayotgandek tuyuladi.